08:45 / 07.09.2017
16056

Ronaldu boshlang‘ich narxi 550 ming dollar bo‘lgan Ferrari sotib oldi

Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu  Ferrari F12 TDF egasiga aylandi. Futbolchi shaxsiy garaji yana bir mashinaga ko‘paygani haqida o‘z «instagramida» ma'lum qilib, avtomobil fonida tushgan fotosuratini e'lon qildi hamda «Yetib keldi!» deya yozdi. 

Ferrari F12 TDF’ning texnik jihatlariga keladigan bo‘lsak, dvigatel quvvati 780 ot kuchiga teng. Maksimal tezlik – soatiga 340 kilometr. Sportkar 2,9 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqadi. Bu model sanoqli miqdorda chiqarilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi – taxminan 550 ming dollar.

Mavzuga oid
Top