17:00 / 07.09.2017
82912

Ular Rossiyaga bormaydi. JCh-2018 yo‘llanmasidan mahrum bo‘lganlar ro‘yxati 

«Tribuna» 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyadagi shaharlarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan terma jamoalar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Mundialga yo‘llanma ololmagan terma jamoalar qatorida O‘zbekiston ham bor. JChga chiqish uchun oltinchi marta urinib ko‘rgan terma jamoa bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Nisbatan kuchsiz guruhdan joy olgan Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa Eron, Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalaridan ortda qoldi.

Ular Rossiyaga bormaydi:

OSIYo: Afg‘oniston, Bangladesh, Bahrayn, Butan, Sharqiy Timor, Vetnam, Hongkong, Guam, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Yaman, Kamboja, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, KXDR, Kuvayt, Laos, Livan, Makao, Malayziya, Maldiv orollari, Mo‘g‘uliston, Myanma, BAA, Ummon, Pokistan, Falastin, Singapur, Tojikiston, Tayvan, Tailand, Turkmaniston, O‘ZBeKISTON, Filippin, Shri-Lanka.

AFRIKA: Angola, Benin, Botsvana, Burundi, Gambiya, Gvineya, Gvineya-Bisau, Jibuti, Zimbabve, Kamerun, Keniya, Komor orollari, Kongo, Lesoto, Liberiya, Liviya, Mavrikiy, Mavritaniya, Madagaskar, Malavi, Mozambik, Namibiya, Niger, Ruanda, San-Tome va Prinsipi, Svazilend, Seyshel orollari, Somali, Sudan, Serra-Leone, Tanzaniya, Togo, MAR, Chad, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Efiopiya, Janubiy Sudan.

YeVROPA: Ozarboyjon, Andorra, Armaniston, Belarus, Vengriya, Gibraltar, Gurjiston, Isroil, Qozog‘iston, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Moldova, Norvegiya, Ruminiya, San-Marino, Farer orollari, Finlyandiya, Chexiya, Estoniya.

KONKAKAF: Amerika Virjiniyasi, Angilya, Antigua va Barbuda, Aruba, Bagam orollari, Barbados, Beliz, Bermud orollari, Britaniya Virjiniyasi, Gayana, Haiti, Gvatemala, Grenada, Dominika, Dominikan respublikasi, Kayman orollari, Kanada, Kuba, Kyurasao, Montserrat, Nikaragua, Puerto-Riko, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Surinam, Terks va Kaykos, Trinidad va Tobago, Yamayka.

OKeANIYa: Amerika Samoasi, Vanuatu, Yangi Kaledoniya, Kuka oroli, Papua-Yangi Gvineya, Samoa, Solomon orollari, Taiti, Tonga, Fiji.

JANUBIY AMeRIKA: Boliviya, Venesuela.

2017 yil 6 sentabr. JAZOIR Zambiyaga yutqazdi va jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi. TRINIDAD va TOBAGO oxirgi bosqichgacha yetib bordi, ammo 2006 yilgi natijani takrorlay olmadi.

2017 yil 5 sentabr. SOLOMON orollari ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra Yangi Zelandiyaga yutqazdi (1:6, 2:2). Yangi zelandiyaliklar endi o‘tish o‘yinlarida qatnashadi, ularga Janubiy Amerikada beshinchi o‘rinni egallagan jamoa raqib bo‘ladi.
Shu kuni BAA Iroqqa yutqazdi va Osiyo mintaqasidan o‘tish o‘yinlariga o‘ta olmaydigan bo‘ldi. O‘ZBeKISTON ham Janubiy Koreya bilan o‘yinda maqsadga erisha olmadi va guruhda to‘rtinchi o‘rinda qolib, yo‘llanma uchun kurashish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi, XITOY bilan ham shunday holat.
Afrikadagi yana bir «qurbon» - KONGO. Bu jamoa Ganaga qarshi o‘yinda 5ta gol o‘tkazdi va imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. A guruhida birdaniga ikki terma jamoa - LIVIYa va GVINeYa kurashni to‘xtatdi.
Yevropada ham terma jamoalar saralanmoqda - ISROIL Italiyaga kichik hisobda yutqazdi va keyingi mundialni kutadigan bo‘ldi.

2017 yil 4 sentabr. ARMANISTON bu galgi saralash kampaniyasini ham muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi, ammo imkoniyatni oxirgi turlarga kelib yo‘qotmoqda. E guruhida RUMINIYa ham turnirga chiqa olmasligi aniq bo‘lgan. C guruhida NORVeGIYa Germaniyada 6ta javobsiz gol o‘tkazdi va Rossiyaga kelmaydigan bo‘ldi. CheXIYa ham o‘z uchrashuvini yutqazdi va imkoniyatdan mahrum bo‘ldi.
Afrikada yana bir omadsiz jamoa aniqlandi - KAMeRUN 1982 yildan buyon ilk marta ketma-ket uchinchi bor jahon chempionati uchun saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi.

2017 yil 3 sentabr. Yana bir minus - VeNGRIYa, Euro-2016 turnirida jasorat ko‘rsatgan vengrlar Portugaliyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin JCh yo‘llanmasidan umid uzdi.

2017 yil 2 sentabr. Yana ikki omadsiz - GURJISTON va MOLDOVA. 

2017 yil 1 sentabr. QOZOG‘ISTON Chernogoriyaga yirik hisobda yutqazdi. LITVA ham Shotlandiyadan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va OZARBOYJON qatorida kurashdan chiqdi. 

2017 yil 31 avgust. JCh-2022 mezboni bo‘lmish QATAR o‘z uyida kechadigan turnirni kutishga majbur, qatarliklar Suriyaga yutqazib, JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qoldi.
BeLARUS kutilmaganda Lyuksemburgga yutqazdi va qo‘shni davlatda bo‘ladigan jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi. FAReR OROLLARI, ANDORRA va ESTONIYa futbolchilari ham turnirni televizorda tomosha qiladigan bo‘ldi.

2017 yil 13 iyun. PAPUA-YaNGI GVINeYa Solomon orolariga mag‘lub bo‘lib, kurashni tark etdi. Shuningdek, TAITIning qismati ham shunday bo‘ldi.

2017 yil 11 iyun. KOSOVO 2018 yilgi jahon chempionatiga bormaydi. Bolqon terma jamoasi ilk marta mundial uchun harakat qildi. Shuningdek, FINLYaNDIYa Ukrainaga yutqazib, turnirga bormasligi aniq bo‘ldi. Bundan tashqari, Rossiyaga MAKeDONIYa va LIXTeNShTeYN kelmasligi aniq bo‘ldi.

2017 yil 10 iyun. MALTA va SAN-MARINO futbolchilari Rossiyaga kelsa ham faqat sayyoh sifatida keladi.

2017 yil 9 iyun. Yevropada LYuKSeMBURG, LATVIYa va GIBRALTAR terma jamoalari ham turnir yo‘llanmasidan umid uzdi.

2017 yil 8 iyun. Avstraliya Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozongach, IROQ jahon chempionatiga bormasligi aniq bo‘ldi.

2017 yil 28 mart. FIJI Yangi Zelandiyaga yutqazdi va Okeaniya mintaqasida finalga yo‘l ololmadi. TAILAND Yaponiyaga yirik hisobda (0:4) mag‘lub bo‘lib, Osiyo mintaqasida uchinchi o‘rin uchun kurashish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

2017 yil 25 mart. Yangi Zelandiya Fiji ustidan g‘alaba qozonishi tufayli YaNGI KALeDONIYa yo‘llanma uchun kurashni to‘xtatdi.

2017 yil 24 mart. BOLIVIYa va VeNeSUELA Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan ilk terma jamoalarga aylanishdi.

2016 yil 3 sentabr. KONKAKAFda  SALVADOR, KANADA, YaMAYKA va GVATeMALA terma jamoalari saralashning keyingi bosqichiga o‘ta olmadi.

2016 yil 5 iyun. SAMOA terma jamoasi Papua-Yangi Gvineyadan 8ta gol qabul qilib oldi va Okeaniya mintaqasida saralashning keyingi bosqichiga chiqmaydigan bo‘ldi.

2016 yil 4 iyun. VANUATU Okeaniyada kurashdan chiqqan navbatdagi jamoaga aylandi.

2016 yil 30 mart. KONKAKAF mintaqasida to‘rtinchi raund. HAITI hamda SeNT-VINSeNT va GReNADINA guruhdan chiqa olmadi.

2016 yil 29 mart. VeTNAM Iroqqa yutqazdi (0:1) va Osiyo mintaqasida saralashning ikkinchi bosqichi F guruhida qolib ketadigan bo‘ldi. UMMON Eron bilan o‘yinda ikkita gol o‘tkazgach, guruhda ikkinchi o‘rinni egallasada, guruhlarda eng yaxshi natijalarni qayd etgan ikkinchi o‘rin egalari safiga qo‘shila olmadi. IORDANIYa Avstraliyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib (1:5) kurashdan chiqdi. Birlashgan arab amirliklari va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi durang natija KXDR va KUVAYTni kurashdan chiqardi.

2016 yil 24 mart. QIRG‘IZISTON Iordaniya Bangladeshni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishi (8:0) tufayli ikkinchi saralash bosqichi, B guruhida ikkinchi o‘rinni egallay olmadi. FALASTIN ham BAAga yutqazgach (0:2) A guruhida ikkinchi bo‘la olmadi. Ummon Guamni yengishi (1:0) TURKMANISTONning uchinchi bosqichga o‘tish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Suriya Kamboja ustidan yirik hisobda g‘alaba qilishi (6:0) tufayli SINGAPUR E guruhida uchinchi o‘rinda qoldi. HONGKONG Qatarga yutqazdi (0:2) va C guruhini uchinchi o‘rinda yakunladi. LIVAN bu guruhda ikkinchi o‘rinni oldi, ammo eng yaxshi ko‘rsatkichlar qayd etgan ikkinchi o‘rin egalari qatoriga kirmadi.

2015 yil 17 noyabr. Afrikada ikkinchi bosqich yakunlandi. Bu bosqichda 14 terma jamoa kurashdan chiqdi - BeNIN (Burkina-Faso bilan o‘yinlarda umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi - 2:3), MADAGASKAR (Senegal bilan - 2:5), KOMOR OROLLARI (Gana bilan 0:2), KeNIYa (Kabo-Verde bilan 1:2), RUANDA (Liviya bilan 1:4), ANGOLA (JAR bilan 1:4), NIGeR (Kamerun bilan 0:3), LIBeRIYa (Kot-d'Ivuar bilan 0:4), SVAZILeND (Nigeriya bilan 0:2), MAVRITANIYa (Tunis bilan 1:4), EFIOPIYa (Kongo bilan 4:6), ChAD (Misr bilan 1:4), BOTSVANA (Mali bilan 2:3). TANZANIYa esa Jazoir bilan birinchi o‘yinda 2:2 hisobini qayd etdi, ammo safar uchrashuvida javobsiz 7 gol o‘tkazdi.

Osiyoda ham qator jamoalar JCh-2018 yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishdi: ShARQIY TIMOR, MALAYZIYa, GUAM, SINGAPUR, TAYVAN, MYaNMA, BAHReYN va FILIPPIN. Bu terma jamoalar guruhlarda ikkinchi o‘rinni ham egallay olishmagan. Timorliklar BAA va Saudiya Arabistoni terma jamoalaridan jami 18ta javobsiz gol o‘tkazishdi.

2015 yil 15 noyabr. Ikkinchi bosqichda SUDAN Zambiyaga yutqazgandi (0:1, 0:2), BURUNDI  - Kongo DR (2:3, 2:2), NAMIBIYa - Gvineya (0:1, 0:2), TOGO - Uganda (0:1, 0:3),  EKVATORIAL GVINeYa - Marokash (0:2, 1:0) to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

2015 yil 14 noyabr. Afrikada saralashning 2-bosqichidagi ilk omadsiz jamoa nomi aniq bo‘ldi. MOZAMBIK Gabonga qarshi o‘yinlarda avvaliga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, safar o‘yini 0:1 hisobida yakunlandi penaltilar seriyasida gabonliklar ustun keldi - 4:3.

2015 yil 12 noyabr. BANGLADeSh va TOJIKISTON Avstraliya Qirg‘iziston ustidan g‘alaba qozongach, ikkinchi bosqichda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kirita olmaydigan bo‘ldi. Shu kuni MALDIV OROLLARI  Hongkongga yutqazib (0:1), kurashdan chiqdi. Falastin MALAYZIyaga 6ta gol urdi va bu jamoa A guruhida qoldi.

2015 yil 17 oktabr. JIBUTI Svazilendga qarshilik ko‘rsata olmadi (0:6, 1:2).

2015 yil 13 oktabr. Afrikada birinchi bosqich. Birdaniga 9 terma jamoa kurashni to‘xtatdi: MAR (Madagaskar bilan o‘yinlar - 0:3, 2:2), SeYSheL OROLLARI (Burundi bilan o‘yinlar - 0:1, 0:2), GAMBIYa (Namibiya bilan o‘yinlar - 1:1, 1:2), SeRRA-LeONe (Chad bilan o‘yinlar - 0:1, 2:1), SOMALI (Niger bilan o‘yinlar - 0:2, 0:4), LeSOTO (Komor orollari bilan o‘yinlar - 0:0, 1:1), GVINeYa-BISAU (Liberiya bilan o‘yinlar - 1:1, 1:3), ERITReYa (Botsvana bilan o‘yinlar 0:2, 1:3 ). 2011 yili tuzilgan JANUBIY SUDAN ilk marta jahon chempionati saralashida qatnashib, Mavritaniyadan mag‘lub bo‘ldi - 1:1, 0:4.
Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichida BUTAN C guruhida qatorasiga beshinchi o‘yinda yutqazib, kurashni to‘xtatdi. Xuddi shu holat D guruhidagi Hindiston, E guruhidagi KAMBOJA va H guruhidagi YaMAN bilan ham kuzatildi. LAOSA 5 o‘yinda atigi bir ochko to‘pladi va keyingi bosqichga o‘tmasligi aniq bo‘ldi. AFG‘ONISTON 5 o‘yinda bitta g‘alabaga erishdi, ammo E guruhida ikkinchi o‘ringa chiqa olmadi.

2015 yil 11 oktabr. Afrikada MALAVI birinchi bosqichda Tanzaniyani yenga olmadi (0:2, 1:0), SAN-TOMe VA PRINSIPI Efiopiyaga yutqazdi (0:0, 0:3), MAVRIKIY esa Keniyadan o‘ta olmadi (2:5, 0:0).

2015 yil 9 sentabr. ARUBA KONKAKAFning uchinchi bosqichida Sent-Vinsent va Grenadinga qarshilik ko‘rsata olmadi (0:2, 2:1), KYuRASAO termasi Salvadorga qarshi o‘yinlarda ojiz bo‘ldi (0:1, 0:1), ANTIGUA VA BARBUDA esa Gvatemalaga yutqazdi (1:0, 0:2). GReNADAni Haiti yengdi (0:3, 1:3), BeLIZ - Kanadaga duch kelgandi (1:1, 0:3), NIKARAGUA - Yamayka bilan o‘yinlarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi (0:2, 3:2).

2015 yil 4 sentabr. Okeaniyada TONGA, KUKA OROLI va AMeRIKA SAMOAsi kurashdan chiqdi. Birinchi bosqichda bu jamoalarni Samoa yenggandi.

2015 yil 30 iyun. BARBADOS Aruba bilan o‘yinda (1:0) diskvalifitsiyaga uchragan futbolchisi qatnashgani tufayli chetlatildi.

2015 yil 17 iyun. KONKAKAFda BeRMUD OROLLARI(0:0, 0:1, Gvatemala), SeNT-KITS VA NeVIS (2:2, 1:4, Salvador bilan) va PUERTO-RIKO (1:0, 0:2, Grenada bilan) kurashni to‘xtatdi. Ularga DOMINIKA (0:2, 0:4, Kanada bilan) va SURINAM (0:1, 1:3, Nikaragua bilan) qo‘shildi.

2015 yil 15 iyun. KUBA, DOMINIKAN ReSPUBLIKAsi, GAYANA va SeNT-LYuSIYa jahon chempionatiga kelmasligi aniq bo‘ldi. KONKAKAFning ikkinchi bosqichida bu jamoalar Kyurasao (0:0, 1:1), Beliz (1:2, 0:3),  Sent-Vinsent va Grenadin (2:2, 4:4) hamda Antigua va Barbuda (3:1, 1:4) terma jamoalariga mag‘lub bo‘lishgandi.

2015 yil 30 may. INDONeZIYa hukumat terma jamoa ishiga aralashgani aniqlanib, terma jamoa saralash o‘yinlaridan chetlatildi.

2015 yil 1 aprel. MONTSeRRAT KONKAKAFning birinchi bosqichida Kyurasaoga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazdi (1:2, 2:2).

2015 yil 30 mart. ANGILYa, KAYMAN OROLLARI va BRITANIYa VIRJINIYasi JCh-2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga o‘ta olmadi. Bu terma jamoalar mos ravishda Nikaragua (0:5, 0:3), Beliz (0:0, 1:1) va Dominika (2:3, 0:0) terma jamoalariga mag‘lub bo‘lishdi.

2015 yil 29 mart. BAGAM OROLLARI Bermud Orolariga ikki o‘yinda ham yutqazdi - 0:5, 0:3.

2015 yil 26 mart. AMeRIKA VIRJINIYa OROLLARI Barbadosdan yengildi (1:0, 0:4). Shuningdek TeRKS VA KAYKOS Sent-Kits va Nevisga yutqazdi (2:6, 2:6).

2015 yil 23 mart. POKISTON bortdan tashqarida qoldi – bu jamoa Yamanga qarshi o‘yinlarda muvaffaqiyat qozona olmadi(1:3, 0:0).

2015 yil 17 mart. MO‘G‘ULISTON terma jamoasi jahon chempionati uchun kurashdan chiqqan ilk terma jamoa bo‘ldi. Mo‘g‘ullar timorliklarga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazdi – 1:4, 0:1. Shuningdek, NePAL Hindistonga – 0:0, 0:2, ShRI-LANKA Butanga yutqazdi – 0:1, 1:2. MAKAO Kambojaga – 0:3, 1:1, BRUNeY Tayvanga yutqazdi– 0:2, 1:0.

2015 yil 12 mart. ZIMBABVe termasi JCh-2018 saralashidan chetlatildi. Bunga Zimbabve Futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Joze Klaudine Jorjiniga qarzlarini to‘lamagani sabab bo‘lgandi.

Top