22:20 / 08.09.2017
8612

APLda o‘tgan oyning eng yaxshilari aniqlandi

Angliya premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiy nomi e'lon qilindi. 

Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumda chempionshipdan APLga yo‘llanma olgan «Haddersfild» klubi bosh murabbiyi David Vagner debyut oyidayoq raqiblarini ortda qoldirib avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 

«Haddersfild» avgust oyida 3ta o‘yin o‘tkazib, 2ta g‘alaba va 1ta durangga erishdi. Jamoa 4ta gol urib o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormadi.

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane Angliya Premer-ligasining o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Senegallik forvard avgust oyida o‘tkazilgan uch uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top