11:10 / 08.09.2017
77879

Foto: Rekord palovni tayyorlash boshlandi

Foto: Milliy TV

"Milliy" telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilgan "O'zbegim" an'anaviy madaniyat festivali doirasida rekord palovni tayyorlash boshlandi. Uning og‘irligi qariyb 8 tonnani tashkil etadi.

"Palov mamlakatimiz aholisining sevimli taomidir. Biz tashrif buyuruvchilar, teletomoshabinlar va O‘zbekistonning barcha fuqarolari ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Bunday tashabbus va ajoyib festival uchun Milliy kanaliga minnatdorchilik izhor etamiz!", - deydi oshpazlardan biri Mahmudjon Rasulov.

Foto:  Milliy TV

Sanitariya-gigiyena standartlariga rioya qilish uchun palov tayyorlanadigan joy o‘rab olindi. Pishirish jarayoni festival o‘tkazilayotgan hududda o‘rnatilgan 17 ta ekran, shu jumladan, Forumlar saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va A.Navoiy nomidagi Akademik katta teatr oldidagi katta ekranlarda namoyish etiladi. Bundan tashqari, Milliy telekanali va Facebook’dagi Guinness World Records sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Foto:  Milliy TV

O‘zbekistonga Ginness rekordlar kitobining vakillari ham rekordni qayd etish uchun kelishdi: hakam - Richard Stenning, tasvirchi - Oliver Greynjyer, boshlovchi, sakkiz karra rekordchi - Marava Vomp.

Bundan tashqari, palov tayyorlanayotgan joyda to‘rt guvoh bor, ular tayyorlanish jarayonidagi ko‘rsatmalarga rioya etilishini kuzatib boradi, shuningdek, SESning ikki inspektori ham kelgan.

Foto:  Milliy TV

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi mahsulot ishlatilmoqda. Xususan, 1500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg dumba va eng muhimi, 1900 kg guruch. Juda katta qozonga 2700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz solinadi va ularning ta'mi 100 kg no‘xat, 190 kg mayiz, 5 kg zira, 2 kg qora murch, 1 kg kurkuma, 350 litr suv bilan rostlanadi.

Foto:  Milliy TV

Palov Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida bu voqea uchun maxsus quyilgan diametri 4,2 metr va hajmi deyarli 8000 litr bo‘lgan qozonda tayyorlanmoqda. Qozonning umumiy og‘irligi 7070 kg, chuqurligi 1 m. keladi. Qozon joylashtirilgan o‘choq esa qariyb 3 tonna keladi.

Foto:  Milliy TV

O‘zbekistonning 50dan ortiq yetakchi oshpazlari palovni tayyorlashmoqda. Hammasi bo‘lib tadbirni tashkil etish, palovni tayyorlash va uni tarqatish ustida 200dan ortiq mutaxassis ish olib boradi, ular turli kasb egalari bo‘lib, yagona maqsad – O‘zbekistonning boy va noyob madaniyatini butun dunyoga namoyish etish maqsadida birlashishgan.

8 sentabrda tayyorlangan palov “Muruvvat”, “Saxovat”, qariyalar va nogironlar uylari hamda festival mehmonlariga 14 ta tarqatish punktida tarqatiladi

Foto:  Milliy TV

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida eng katta palovni tayyorlashga o‘ziga xos repetitsiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning 50dan ortiq taniqli oshpazlari milliy taomni tayyorlash uchun yig‘ildilar. Palov uzunligi 2 metrdan ortiq bo‘lgan kapgirlarda aralashtirilib, suzildi. O‘sha kuni tayyorlangan palov tadbir mehmonlari va Olmaliq shahrining 22 mingdan ortiq aholisiga tarqatildi.

Foto:  Milliy TV
Foto:  Milliy TV
Foto:  Milliy TV
Foto:  Milliy TV

O‘zbekistonda mega palov tayyorlandi

Top