10:38 / 08.09.2017
13739
Quyoshda bir hafta ichida ikkinchi kuchli chaqnash yuz berdi
Foto: NASA/GSFC/SDO

Kecha Quyoshda bir hafta ichidagi ikkinchi kuchli chaqnash yuz berdi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Lebedev nomidagi Quyosh Fizikasi instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasi GOES-15 sun'iy yo‘ldoshi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, chaqnash Toshkent vaqti bilan 19.00 va 20.00 oralig‘ida ro‘y bergan.

Chaqnashga faollikning eng yuqori darajasi – X berildi.

6 sentabr kuni Quyoshda 12 yil ichidagi eng kuchli chaqnash yuz bergandi

Top