15:11 / 08.09.2017
12969

Timoshenko Saakashviliga yordam berishga tayyor

Foto: Reuters

Ukrainaning «Batkivshchina» muxolif partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning ma'lum qilishicha, 10 sentabr kuni Polshaga, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash uchun bormoqchi. Gruziya sobiq prezidenti Ukraina bilan chegarani kesib o‘tmoqchi.

«Men Mixo Saakashvilini shaxsan qo‘llab-quvvatlayman. Men Polshaga boraman. U 10 sentabr kuni tinch yo‘l bilan kelib, Ukrainada yashash huquqiga ega ekani haqida dalillari bo‘lgan maktubni, garchi uni fuqarolikdan mahrum qilishgan bo‘lsa-da topshirmoqchi», - deya ma'lum qildi Timoshenko NewsOne telekanali efirida.

Siyosatchining aytishicha, Saakashvili o‘zini Ukraina fuqaroligidan mahrum etilishi qonun zid bo‘lgan yoki bo‘lmaganini aniqlash maqsadida sudga murojaat etish huquqiga ega.

«Bilasizki, janob Saakashvili chegarani kesib o‘tib, Ukraina hududiga kira olmaydi. Shuning uchun, men uni u qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda qo‘llab-quvvatlayman. U Polsha hududida bo‘ladi», - dedi Timoshenko.

Avvalroq Mixail Saakashvili Polshadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytishini ma'lum qilgandi.

Top