08:35 / 09.09.2017
6558

AQShning Alabama shtatida favqulodda holat tartibi joriy qilindi

Foto: Getty Images

Amerikaning Alabama shtati gubernatori Key Ayvi «Irma» to‘foni tufayli favqulodda holat e'lon qilishga qaror qildi. Bu haqda uning rasmiy saytida xabar qilinmoqda. 

«Alabama to‘fonning bizga yetib kelishi ehtimoliga tayyor bo‘lishi kerak. Biz, shuningdek, boshqa shtatlarga yordam berishga shay turishimiz kerak. Men bir guruh qutqaruvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibman. Shu munosabat bilan FH tartibini e'lon qilaman», — degan hokim.

Top