09:50 / 09.09.2017
13670

Angela Merkel transfer bozoridagi aqlbovar qilmas xarajatlardan norozi

Germaniya kansleri Angela Merkel futbol transfer bozorida ro‘y berayotgan holat haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men futboldagi moliyaviy rivojlanishni tanqidiy nuqtai nazardan kuzatib bormoqdaman. Jamoalar transferlarga sarflayotgan pullar oddiy inson uchun yetishib bo‘lmasdir. FIFA va UYeFA transfer summalari borgan sari kattalashib ketayotganini kuzatib turishi emas, balki klublar o‘rtasida muvozanatni ushlab turish uchun qoidalarni to‘g‘irlashi kerak», - deya Merkelning so‘zlarini keltiradi Mittelbayerische Zeitung.

Avvalroq Angliyada transfer bozorini tubdan o‘zgartiradigan qaror qabul qilingani xabar berilgandi.

Top