10:18 / 09.09.2017
15376

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimi maxsus blankalarini Telegram'dan olish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlari hamkorligida masofadan turib Telegram ijtimoiy yozishmalar dasturi orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni fuqarolarga bepul taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar tarqatdi.

Fuqaro Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni ko‘chirib olib, ulardan foydalanishi uchun Telegram ijtimoiy yozishmalar dasturining @PassportInfoUz akkauntida (bot) ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Top