16:20 / 09.09.2017
18955

IShID terrorchilari «Irma» dovulini AQSh uchun yangi 11 sentabr deb atashdi

Foto: Reuters

IShID terrorchilik guruhi jangarilari AQShga yaqinlashayotgan «Irma» dovuli juda ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklar olib kelishi mumkinligidan xursandliklarini yashirishmayapti. Ekstremistlar tabiiy ofatni «xalifalik askari» deb atashmoqda, deya xabar beradi terrorizmni aniqlash bo‘yicha razvedka guruhi direktori Rita Kats. Bu haqda Life.ru yozmoqda.

Bundan tashqari, terrorchilarning fikricha, Qo‘shma Shtatlar uchun yaqinlashayotgan dovul oqibatlari 11 sentabr fojialari bilan bir xilda bo‘ladi. O‘shanda Butunjahon savdo markazi va Pentagon binolaridagi teraktlarda 2977 kishi qurbon bo‘lgandi.

Shuningdek, terrorchilar bu amerikaliklarning Mo‘suldagi harbiy harakatlari uchun tabiat qasosi ekanini aytishmoqda.

Avvalroq Floridada «Irma» tufayli 5 mln kishi evakuatsiya qilinishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top