18:33 / 09.09.2017
21679

«Ko‘zimizda yosh bilan bu hodisalarni kuzatmoqdamiz» - AQShda Myanmaga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi

Foto: Anadolu

Myanmaning Vashingtondagi elchixonasi oldida arakan musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishiga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.

Aktsiya ishtirokchilari Myanma hukumatiga qarshi shiorlarni ko‘tarib olishdi hamda xalqaro hamjamiyatni bu mamlakat hukumatiga muammoga yechim topish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdilar.

Mitingda chiqish qilgan Amerika-Islom munosabatlari bo‘yicha Kengash rahbari Nihad Auadning ta'kidlashicha, arakan musulmonlarining muammosi xalqaro ko‘lamga aylandi.

«Bugun bu yerda turli millatlar vakillari yig‘ildi. Biz ko‘zimizda yosh bilan Arakandagi hodisalar rivojini kuzatmoqdamiz. Rohingya musulmonlari teri rangi va dini sabab ta'qib etilmoqda», - degan Auad. 

Avvalroq BMT Bangladeshga qochgan rohingya musulmonlari soni 300 minggachani tashkil qilishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top