08:45 / 09.09.2017
7676

La-liga. 3-turning dastlabki uchrashuvi o‘tkazildi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Leganes» jamoasi «Xetafe»ni qabul qildi.

Arambarri va Alvaro tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar bitta gol bilan javob qaytara oldi. Ammo bu mehmonlarning g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘ldi. Natijada mavsumni shov-shuvli tarzda ikki g‘alaba bilan boshlagan «Leganes» ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. «Xetafe» esa ilk g‘alabasini mehmonda qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Xetafe» hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi va jamoa 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Leganes» esa 6 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.

Ispaniya La-ligasi, 3-tur

Leganes – Xetafe 1:2 (0:1)
Gollar:
 Gerrero (65) – Arambarri (39), Alvaro (83).
Leganes: Kuelyar, Saldua, Munos, Mantovani, Riko, Peres, Pires (Bovyu, 84), Ramos (El-Jar, 62), Eraso (Moran, 53), Shimanovski, Gerrero.
Xetafe: Guaita, Suares, Dakonam, Kala, Antunesh, Fajr, Bergara, Arambarri (Bruno Gonsales, 89), Dediu (Mora, 78), Sibasaki (Alvaro, 63), Molina.
Ogohlantirishlar: Dediu (48), Kala (70), Moran (74).

Top