20:55 / 09.09.2017
6486

Londonliklar Brexit'ga qarshi namoyish o‘tkazishmoqda

Foto:news-front.info

9 sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishiga qarshilik qiluvchi minglab londonliklar poytaxt ko‘chalariga chiqishdi. Associated Press shu haqida xabar berdi. 

Tashkilotchilar tomonidan "Yevropa uchun xalq marshi" nomi berilgan tadbir ishtirokchilari o‘z noroziliklarini namoyish qilish uchun Londondagi Trafalgar maydonidan o‘tib, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Dauning-stritdagi qarorgohi yaqinida to‘planishdi. 

Shundan keyin aksiya qatnashchilari Pralament maydoniga yig‘ilishadi.

Namoyishchilar "Brexit'dan chiqilsin" va "Eng yaxshi kelishuvga (YeI bilan) allaqachon erishib bo‘lganmiz" yozuvlari tushirilgan plakatlar, shu bilan birga Yevroittifoq bayroqlarini ko‘tarib o‘tishgan.

Mazkur namoyish kelayotgan dushanba kuni hamjamiyat palatasida o‘tishi kerak bo‘lgan ovoz berish jarayoniga qarshi o‘tkazildi. Ovoz berish Buyuk Britaniya hududida YeI qonunchiligining amal qilishini bekor qiluvchi qonun loyihasiga tegishli bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top