10:10 / 09.09.2017
5081

Nogironlarning uylariga borib biometrik pasportlar berildi

Shu yilning 7 sentabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi hamda mehnatga layoqatsiz va nogiron bo‘lgan 84 nafar fuqarolardan 6 nafarining xonadoniga IIB MFRB xodimlari borib, mobil vositalar yordamida ularga biometrik pasport rasmiylashtirildi. Bu haqda tuman IIB vakili KUN.UZ’ga ma'lum qildi. Xususan, 

Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi 03.01.1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sidorenko Stanislav Sergeyevichning yashash joyiga chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi turdagi biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun umumiy ma'lumotlar yig‘ish bazasiga kiritilib, fotosuratga tushirildi. 

Mirzo Ulug‘bek tumanining yana bir vakili, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyiga chiqilib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi turdagi biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun umumiy ma'lumotlar bazaga kiritilib fotosuratga tushirildi.

Shu kabi ishlar Yalang‘och va Ahmad Yugnakiy dahalari, Mirishkor ko‘chasida istiqomat qiluvchi nogironlar uylariga borib, amalga oshirildi.  


 

Top