22:10 / 09.09.2017
9421

Serxio Aguero APL rekordchisiga aylandi

Foto: Twitter/ManCity

Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Liverpul» jamolari uchrashuvida (birinchi bo‘limdan so‘ng — 2:0) Serxio Aguero hisobni ochdi.

Ushbu gol Agueroning Angliya premer-ligasida urgan 124-goli bo‘ldi va bu natija orqali Aguero APLda to‘p surgan yevropalik bo‘lmagan futbolchilar ichida bunday natija qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi va u to‘purarlar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib oldi.

Shuningdek Aguero «Liverpul»ga qarshi «Etihad»dagi so‘nggi olti uchrashuvda oltinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top