14:10 / 09.09.2017
97922

Toyota O‘zbekistonga rasman kirib kelmoqda

Foto: Toyota Uzbekistan

Yaponiyaning dunyoga mashhur avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi hisoblanuvchi Toyota O‘zbekistonda o‘z savdo markazini ochishga qaror qildi. Bu haqda Toyota Uzbekistan guruhi  Facebook sahifasida e'lon qildi. 

Unda yozilishicha, bu Toyota kompaniyasiga tegishli quyidagi faktlar e'tiborga olinmasa, unchalik ham shov-shuvli xabar bo‘lmas edi. Toyota bu:

— Dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi;
— 2012 yildan buyon dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi nomini saqlab turibdi;
— Har yili butun dunyo bo‘ylab 8 milliondan ortiq mashina sotadi;
— O‘zi tomonidan 70 dan ortiq avtomobil modellarini ishlab chiqaradi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasidagi yetakchi kompaniya ham O‘zbekiston yo‘llarini zabt etishga kirishmoqda. 

Toshkent shahri, Yashnaobod tumanida joylashuvchi rasmiy diler vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha, uning qaysi sanadan ish boshlashi ma'lum emas. Ammo, qisqa kunlarda bu masalaga ham oydinlik kiritiladi. 

Top