18:55 / 09.09.2017
5161

Tramp Qatar inqiroziga yechim topishga chaqirdi

Foto: Anadolu

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz, BAA valiahd shahzodasi Muhammad Al-Nahayon va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan telefon orqali muzokaralarda o‘z suhbatdoshlarini Qatar atrofidagi inqirozga yechim topishga chaqirdi.

Oq uy bayonotida aytilishicha, AQSh prezidenti Qo‘shma Shtatlarning arab ittifoqchilari o‘rtasidagi birdamlik mintaqada barqarorlikni o‘rnatish va Eron tahdidi bilan kurashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tgan.

«Prezident Ar-Riyoddagi sammit ishtirokchi mamlakatlarini unda qabul qilingan qarorlarga rioya etishga chaqirdi», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq Tramp arab davlatlariga Eron bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqani xabar berilgandi.

Top