11:34 / 10.09.2017
44206

Allegri Messi va Ronaldudan keyin «Oltin to‘p» uchun kimlar kurashishini aytdi

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar hujumchisi Paulo Dibalaning imkoniyatlariga yuqori baho berib o‘tdi.

«Barselona» meni va Dibalani xohlagandi? Bu menga qiziq emas. «Yuventus»da baxtliman va shu yo‘lda davom etishni istayman. Bu mavsumda skudettoni yutishi mumkin bo‘lgan to‘rtta jamoa mavjud.

Dibala juda yaxshi, fantastik futbolchi. Ular \Neymar bilan birga Messi va Ronaldu faoliyatini tugatgach, dunyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurash olib borishadi. Tarkibimizda shunday futbolchining bor ekani omadimiz, albatta», — degan murabbiy Premium Sport xabarida.

Mavzuga oid
Top