20:50 / 10.09.2017
5460

Antirekord. «Kristal Pelas» APL startidagi 4 uchrashuvda gol urmasdan mag‘lub bo‘ldi

Foto: Squawka

Angliya Premer-ligasining 4-turida «Byornli» «Kristal Pelas»ni qabul qilib, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq Kris Vud raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bu gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi.

«Kristal Pelas» APL startidagi 4 uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi — bungacha Frank de Bur shogirdlari «Haddersfild Taun», «Liverpul» va «Suonsi»ga mag‘lub bo‘lgan va bu uchrashuvlarda bitta ham gol urmagandi. Bu esa premer-liga tarixidagi antirekord hisoblanadi.

Bu natijadan keyin Angliya chempionati turnir javdalida «Byornli» 7 ochko bilan yettinchi o‘rinda, «Kristal Pelas» esa eng quyi o‘rinlarda qolmoqda.

Angliya chempionati
4-tur
Byornli – Kristal Pelas 1:0
(1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 3 Vud.
Byornli – Xiton (Poup, 36), Uord, Louton, Tarkovski, Mi, Gudmundsson, Kork, Breydi, Defur (Vestvud, 82), Vud, Vouks (Barns, 64).
Kristal Pelas – Xennessi, Fosu-Mensa, Denn, Uord, Kabay, Panchon, Li Chun Yun (Lumeka, 65), Makartur (Ridevald, 81), Taunsend, Shlupp, Benteke.
Ogohlantirishlar: Breydi (34), Benteke (75).

Top