16:50 / 10.09.2017
45624

Birdaniga 3 universitet: Talaba buning siri va kontraktga tushib qolishi tarixini so‘zlab berdi

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ilm talabida bo‘lgan yoshlar soni ortib bormoqda. Quvonarli jihati shundaki, yangi avlod vakillari talaba bo‘lishdek martabaga bir emas, bir necha bora erishish baxtiga muyassar bo‘lmoqda. Shulardan biri, 1998 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan Doston Shukurovni e’tirof etish mumkin.

U 2017/18 o‘quv mavsumida o‘tkazilgan qabul imtihon natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi Vestminister xalqaro universiteti, Inha universiteti hamda Toshkent Moliya institutida talabalikka tavsiya etildi.

Shuningdek, xorijiy tilni bilish darajasini aniqlab beruvchi IELTS sertifikati bo‘yicha 7.5 ballni qo‘lga kiritgan suhbatdoshimizga Vestminister va Inha universitetlarining Toshkentdagi muassasalari tomonidan grant ko‘rinishidagi imtiyozlar taklif etilgan.

Quyidagi lavha orqali Dostonbekning muvaffaqiyatli yurishlarida qanday to‘siq va sharoitlarga duch kelgani, ta’lim olishga bo‘lgan intilishi nimalar asosida paydo bo‘lishini hikoya qilib bergan, bugungi kun zamonaviy o‘zbek yoshining fikri bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Top