18:15 / 10.09.2017
10477

Erdo‘g‘an musulmon mamlakatlar aholisining bilimsizligidan tashvishda ekanini bildirdi

Foto Turar Kazangapov©

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Ostonadagi Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida musulmon mamlakatlar aholisining bilimsizligi borasida fikr bildirdi. Tengrinews shu haqida xabar berdi

"Biz umrimizning oxirigacha o‘qish va o‘rganishni tavsiya qiluvchi dinga e'tiqod qilamiz. Islom sivilizatsiyasi - ilm-fan va bilimlar sivilizatsiyasi. Musulmonlar dunyo siyosatini boshqargan paytlarda aynan ularning o‘lkasi ilm-fan va innovatsiyalar markazi bo‘lgan. Musulmonlarning hayotida ilm-fan, o‘qish va tadqiqotlar ikkinchi darajaga o‘tib qolganda esa qoloqlik va tanazzul davri boshlangan", - dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z nutqida. 

"Bugungi kunda islom olami aholisining 55 foizi - bilimsiz. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlarida YaIMning o‘rtacha 5,2 foizi bilim olishga ajratiladi. Bizning eng bilimli bolalarimiz, eng noyob aql sohiblari G‘arb mamlakatlariga ketib qolishmoqda, G‘arb tashkilotlarida ishlashmoqda. Afsuski, axborot texnologiyalari sohasida biz ishlab chiqaruvchi emas, iste'molchimiz. Bu esa milliy xavfsizligimizga tahdid soladi. Kuchli mamlakat bo‘lish uchun biz to‘kis bilimni eng yaxshi shaklda ishlab chiqarishimiz kerak", - dedi Turkiya prezidenti IHTning Ostonadagi sammiti doirasida. 

Erdo‘g‘an islom davlatlari IHT doirasida o‘z bilimlari, texnologik yutuqlari, shuningdek talabalar va pedagoglari   bilan almashishlari kerakligi hamda universitetlar bilan hamkorlik qilishi kerakligini aytdi. "Turkiya ham bunga tayyor", - deya ta'kidladi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. 

IHT 1969 yilda tashkil qilingan. Hozirda uning 57 a'zosi bor. 

Top