11:03 / 10.09.2017
6446
KXDR fuqarolarining Xitoy banklaridagi hisoblari muzlatildi
Foto: Reuters

Xitoyning qator banklari Shimoliy Koreya fuqarolari hisoblarini qisman muzlatib qo‘ydi. Kyodo shu haqida xabar berdi

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zi banklarda Shimoliy Koreya fuqarolarining yangi hisob raqami ochishi, shuningdek pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi taqiqlangan.

Bu Xitoyning Shimoliy Koreyadagi vodorod bombasi sinovlariga javob sanksiyasining bir shakli bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. 

Bundan avval Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federik Mogerini YeIga a'zo mamlakatlar rahbarlari Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi iqtisodiy sanksiyalarni muhokama qilishlari haqida ma'lum qilgandi. 

3 sentabr kuni KXDR vodorod bombasi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgani haqida e'lon qilgan. 

Top