22:10 / 10.09.2017
7119

«Nyukasl» murabbiysiz ham «Suonsi»ni yengdi

Foto: Squawka

Angliya chempionatining 4-turi doirasida yana bir uchrashuv «Nyukasl Yunayted» va «Suonsi Siti» o‘rtasida kechdi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 76-daqiqasida Jamal Lascells g‘alaba goliga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, «Nyukasl Yunayted» qatorasiga ikkinchi turda g‘alaba qozonmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites biroz oldinroq jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgani tufayli bu uchrashuvda ishtirok etmadi. 

Endilikda «Nyukasl Yunayted» 6 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinda, «Suonsi Siti» esa 4 ochkosi bilan 15-o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati, 4-tur
Suonsi – Nyukasl 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 76 Lassels.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Fer, Klukas, Kerroll (Narsinx, 86), Sanshesh (Boni, 69), Ayyu, Abraxam.
Nyukasl – Elliot, Lassels, Games, Mankilo, Klark, Merfi (Atsu, 59), Merino, Xeyden (Diame, 69), Ritchi, Peres, Xoselu (Geyl, 78).
Ogohlantirishlar: Xeyden (8), Noton (48), Ritchi (49), Fer (80), Geyl (87).

Mavzuga oid
Top