11:44 / 11.09.2017
33594

Fitch: o‘zbek banklari so‘m devalvatsiyasidan himoyalangan

Foto: KUN.UZ

Fitch xalqaro reyting agentligi mutaxassislari O‘zbekiston banklari davlat kapitali bilan ta'minlanganligi uchun, so‘mning qadrsizlanishidan xoli deb hisoblaydi, deb yozmoqda Kommersant.uz.

O‘zbekiston banklarining kapitali, yuqori valyuta kredit portfeli ko‘rsatkichlari tufayli, so‘mning devalvatsiyasi salbiy oqibatidan himoyalangan.

Fitch agentligining hisobotida qayd etilishicha, milliy valyutaning qo‘qqisdan qadrsizlanishi, katta hajmda AQSh dollari nominalidagi mablag‘ga ega hamda valyuta kreditlashda yuqori ulushga ega banklarning kapitaliga o‘rtamiyona ta'sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonning davlat banklari (O‘zsanoatqurilishbank, Asaka, Mikrokreditbank va Agrobank) muntazam ravishda davlat kapitali bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek ularga rekapitalizatsiya dasturiga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Moliya vazirligidan 500 mln. dollar va 1,2 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Katta miqdordagi dollar mablag‘i davlat banklarida milliy valyutaning kelgusi devalvatsiyasi vaziyatida kapitalning rag‘batlantirilishini kuchaytirishi lozim “, — deydi Fitch mutaxassislari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentabridan respublikada valyuta siyosati liberallashtirildi. Markaziy Bank fuqarolarga erkin ravishda so‘m va xorijiy valyutani almashtirishga ruxsat berdi.

Rasmiy kurs 1 dollar uchun 8100 so‘m deb belgilangan. Shu tariqa MB milliy valyutaning bozor ko‘rsatkichini rasmiylashtirdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari”, GM Uzbekistan va mobil operatorlar xizmat xaqini faqat so‘mda hisoblayapti.

Mavzuga oid
Top