16:22 / 11.09.2017
6576

MAGATE: KXDRdagi zavodda uranni boyitish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

Foto: AP

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Shimoliy Koreyadagi Yonbyon zavodida uranni boyitish bo‘yicha sentrifugalar ishlayotganiga oid belgilarni aniqladi. Bu haqda MAGATE bosh direktori Yukiya Amano Venadagi boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ma'lum qilgan.

«Yonbyondagi tajribaviy atom elektrostansiyasida reaktor ishlayotganiga doir belgilar topildi. Yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha zavodda uranni boyitish uchun ko‘rsatilgan qurilmalardan foydalanilayotganiga doir holatlar aniqlandi», - deya Amanoning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR fitnalar tufayli iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top