15:26 / 11.09.2017
5942

Mugurusa jahonning birinchi raketkasiga aylandi

Foto: puntodebreak.com

Ispaniyalik tennischi Garbine Mugurusa WTA reytingida yetakchiga aylandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan Ruminiya vakilasi Simona Xalep, uchinchi o‘rindan esa ukrainalik Elina Svitolina joy oldi. Jahonning sobiq birinchi raketasi Karolina Plishkova to‘rtinchi bo‘lgan bo‘lsa, amerikalik Vinus Uilyams top-5likka yakun yasab berdi.

O‘zbekistonlik raketka ustalarining eng kuchlisi Sabina Sharipova o‘n pog‘ona pastlab, 169-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
Top