15:28 / 11.09.2017
5010

Ozarboyjon prezidenti Rossiya va Isroil fuqarosi bo‘lgan blogerni afv etdi

Foto: RIA "Novosti"

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Aleksandr Lapshinni afv etish haqidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda prezident saytida xabar berilgan.

«Ozarboyjon Konstitutsiyasining 109-moddasi, 22-bandiga asosan Isroil fuqarosi Aleksandr Valerevich Lapshinni jazodan ozod etish haqidagi qarorni qabul qilmoqdaman», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Ozarboyjon sudi Rossiya va Isroil fuqarosi bo‘lgan bloger Aleksandr Lapshinni uch yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargandi. Lapshin tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududiga bir necha bor borishda ayblangan.

Mavzuga oid
Top