17:51 / 11.09.2017
17707

Rossiya O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni oshirishga tayyor

Rossiyalik eksportchilar o‘zbek bozoriga shakar, yog‘-moy mahsuloti, xususan, kungaboqar va soya yog‘i, shuningdek, kartoshka urug‘liklarini yetkazib berish hajmining oshishidan manfaatdor. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jalik vazirligi xabarida aytiladi.

2016 yilda mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha tovar aylanmasi deyarli 20 foizga o‘sdi va 398 mln dollarni tashkil etgan. Rossiyaga o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotining importi meva-sabzavot mahsulotining yetkazib berilishi hajmi oshishi hisobidan ikki barobarga ko‘paydi va 114 mln dollarni tashkil etdi. O‘zbekistondan pomidor yetkazib berish 3 martaga, uzum – qariyb 2 martaga, olma va nok – 30 barobarga, danakli mevalar – 20 martaga, boshqa yangi mevalar – 10 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonga rus qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish uchun salohiyat bor, u 2016 yilda 284,8 mln dollarga teng bo‘ldi, deya ta'kidlaydi vazirlik.

Rossiyalik eksportchilar o‘zbek bozoriga shakar, yog‘-moy mahsuloti, xususan, kungaboqar va soya yog‘i, shuningdek, kartoshka urug‘liklarini yetkazib berish hajmining oshishidan manfaatdor. Shuningdek, O‘zbekistonga g‘alla mahsulotlari, baliqlar va baliq mahsulotlari, qandolat mahsulotlari yetkazib berilishi hajmining ortishi uchun imkoniyatlar bor. Go‘sht, xususan, mol go‘shtini yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha manfaatdorlik mavjud.

Top