16:26 / 11.09.2017
8090

Shaqiri «Bazel»ga «MYu»ning ojiz nuqtalarini aytib berdi

Foto: Blick

«Stok Siti» yarim himoyachisi, shanba kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Jyerdan Shaqiri Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlari arafasida «MYu»ning ushbu turnirdagi ilk raqibi bo‘lmish Shveytsariyaning «Bazel» klubiga o‘z maslahatlarini berdi. 

Ma'lumki, Jyerdan Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi sanaladi va o‘z vaqtida «Bazel» tarkibida harakat qilgandi. 

«Avvalo, qo‘rqmasdan o‘ynash kerak, agar yutqazsangiz ham bu qo‘rqinchli holat emas – «Manchester Yunayted» kuchli hujum chizig‘iga ega jamoa», – degan futbolchi. 

- «Manchester Yunayted»ning ojiz nuqtalari bormi?
- Ha, ularning himoyasi bo‘sh. Bizning gollarimiz buni isbotladi. Agar tez va qo‘rqmasdan hujum qilsangiz, himoyachilarda muammolar yuzaga keladi. 
- Pogba haqida nima deysiz?
- Undan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin, ammo ba'zida u to‘pni haddan ziyod ko‘p ushlab qoladi. Jismoniy tarafdan juda kuchli futbolchi.
- Mourinochi?
- Kim nima desa desin, lekin menga u juda yoqadi. U juda ayyor va jamoasini ruhlantirishni juda yaxshi biladi – dedi Shaqiri mahalliy Blick nashriga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki turida, ertaga, 12 sentabr kuni «Bazel» «Old Trafford»da mehmon bo‘ladi. Guruhda bu jamoalardan tashqari Portugaliyaning «Benfika» va Rossiyaning TsSKA klublari o‘rin olgan.

Top