08:38 / 11.09.2017
4217

Sergelida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

2017 yilning 7 sentabr kuni, taxminan soat 13:00 larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Sergeli tumani, Birodarlik-8 dahasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, fuqaro P.V.V. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 796,43 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top