13:55 / 11.09.2017
9714

O‘zMAA: O‘zbekistonda 131 nashriyot, 1815 ta matbaa korxonasi mavjud

Foto: Kun.uz

Bugungi kunda O‘zbekistonda 131 ta nashriyot, 1815 ta matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili 4 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 50 mln nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Shundan ellikdan ortiq nashriyot bolalarga bag‘ishlangan kitoblarni chop etib keladi. Hozirda O‘zbekistonda nashr qilinayotgan adabiyotlarning uchdan biri bevosita bolalar va yoshlarga doir nashrlardir. Bu haqda O‘zMAAda bo‘lib o‘tgan matbuot-brifingida ma'lum qilindi. 

Bundan tashqari, 2015-17 yillarda “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan 100 dan o‘zbek va jahon klassik adabiyoti vakillarining asarlari nashrdan chiqdi. 

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Maktab adabiyoti xrestomatiyasi” ruknidamaktab darsliklariga kiritilgan o‘zbek va jahon adiblarining 44 nomdagi asarlarini nashr etmoqda. Shuningdek, “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” nomli 100 tomdan iborat xalq ijodi namunalarini mujassam etgan kitoblar majmuasini nashr etmoqda.  

Cho‘lpon nomidagi nashriyot “Mening birinchi kitobim” loyihasi bo‘yicha 18 nomda maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan kitoblar to‘plamini nashr qildi. 

Top