08:14 / 12.09.2017
16064

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yirik mojaro bo‘sag‘asida turibdi

Foto: EPA

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) etika bo‘yicha komissiyasi Braziliya hukumatiga 2016 yilgi yozgi O‘yinlar poytaxtini tanlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov haqidagi ma'lumotni taqdim etishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Braziliya prokuraturasi mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi (MOQ) va “Rio-2016” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Karlos Artur Nuzmanni Rio-de-Janeyro O‘yinlar poytaxtiga aylanishi uchun 2 mln dollar miqdorida pora berganlikda gumonlamoqda. Nuzman korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan ko‘rsatmalar berishdan bosh tortdi, uning advokati esa MOQ rahbari ayblovni tan olmasligi haqida ma'lum qildi. Avvalroq Nuzmanning uyi va MOQ qarorgohida tintuvlar o‘tkazildi. Tergovchilarning matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, amaldorning XOQ a'zolarini sotib olish holati bo‘yicha aybini tasdiqlovchi dalillarni topishgan. Ularning fikricha, buning uchun Virgin orollari va Antigua hamda Barbudada joylashgan hisob raqamlaridan foydalanilgan.

XOQ Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) prezidenti Lamin Diak Fransiya prokuraturasi uning o‘g‘li u 2016 yilgi O‘yinlar poytaxtini aniqlashda Rio-de-Janeyroga ovoz berishi uchun pora olganligiga doir dalillarni taqdim etgach, Xalqaro olimpiya qo‘mitasidagi faxriy a'zolikdan mahrum qilinganini tasdiqladi.

Mavzuga oid
Top