07:39 / 12.09.2017
5976

Peru Shimoliy Koreya elchisini persona non grata deb e'lon qildi

Foto: RIA Novosti / Mariya Vashchuk

Peru Shimoliy Koreya elchisini persona non grata deb e'lon qildi va unga mamlakatni 5 kun ichida tark etishni buyurdi, deb xabar bermoqda Peru tashqi ishlar vazirligi.   

Bundan bir necha kun avval Meksika Shimoliy Koreya elchisini nomaqbul shaxs deb e'lon qilgandi. Shundan keyin butun Amerika qit'asida shimoliy koreyalik elchilar faqatgina Braziliya va Kubada qolmoqdalar.   

“Peru hukumati Shimoliy Koreya elchisi janob Kim Xak Chxolni persona non grata deb e'lon qildi va unga Peru hududini eng ko‘pi bilan 5 kunda tark etishni buyurdi”, deyilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror Shimoliy Koreya tomondan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarining bir necha bor qo‘pol buzilishi, xalqaro hamjamiyatning majburiyatlarni bajarish, xalqaro huquqni hurmat qilish va yadro dasturini to‘xtatish chaqiriqlarining inkor etilishi sababli qabul qilingan.

Peru fikricha, Shimoliy Koreya siyosati “xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, shimoli-sharqiy Osiyo va butun dunyodagi barqarorlikka jiddiy xavf soladi”.

Top