20:15 / 12.09.2017
7421

Polshalik sayyohlar uchun viza tartibotlari soddalashtirildi

Foto: Olek Remesz / Wikipedia

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Polshadan sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan, polshalik sayyohlar uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi polshalik fuqarolarga 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun kirish vizalari hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmagan holda ikki ishchi kuni davomida rasmiylashtirib beriladi. Bundan tashqari, viza olishda O‘zbekiston sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalari va sayyohlik vaucherlarini taqdim qilish talabi bekor qilindi.   

Mavzuga oid
Top