08:12 / 12.09.2017
5034

Tramp AQShdagi favqulodda holat tartibini bir yilga uzaytirdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp 11 sentabrda 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQShda kiritilgan favqulodda holat tartibini bir yilga uzaytirdi.

“2001 yil 14 sentabrda favqulodda holat tartib kiritilishiga sabab bo‘lgan terrorchilik xavfi saqlanib qolmoqda. Shu sababli ushbu holat 2017 yil 14 sentabrdan keyin ham amal qilishi zarur degan qarorga keldim”, deb ma'lum qilgan Tramp AQSh kongressiga.  

Favqulodda holat kiritilishi prezidentga qo‘shimcha yuridik vakolatlar beradi. Prezident bu vakolatlardan istalgan vaqtda foydalanishi mumkin.

AQShda favqulodda holat 11 sentabrdagi teraktdan uch kun o‘tib kiritilgan. Amaldagi qonunga ko‘ra, ushbu holat agar prezident navbatdagi fojia sanasidan keyin 90 kun ichida kongressga bu holat yana bir yilga uzaytirilishi haqida bildirishnoma yubormasa va bu bildirishnomani Federal ro‘yxatda chop etishga ko‘rsatma bermasa, bu favqulodda holat avtomatik tarzda to‘xtatiladi. 

Top