17:53 / 12.09.2017
5541

WhatsApp orqali yangi kompyuter virusi tarqalmoqda

Foto: Mashable

WhatsApp'ga kiberhujum uyushtirildi, messenjer orqali yangi kompyuter virusi tarqatilmoqda. GazetaDaily shu haqida xabar berdi. 

Ilova foydalanuvchilariga ichiga havola joylangan tizimli xabar keladi va ushbu havola bo‘ylab o‘tib, Internetga ulanmay turib, messenjerdan foydalanish mumkinligi ma'lum qilinadi. Havola orqali o‘tilgandan keyin esa, undan faol foydalanuvchi ekanini tasdiqlash, buning uchun yuzerdan shu xabarni uch guruh yoki 10 kishiga tarqatish so‘raladi. 

Foydalanuvchi talab qilingan xatti-harakatlarni bajarganidan keyin unga xavfli virus hisoblanuvchi dasturni yuklash taklif etiladi. WhatsApp bu kompaniyaga mutlaqo tegishli bo‘lmagan feyk xabar ekanini aytib ogohlantiradi. 

Mavzuga oid
Top