17:22 / 13.09.2017
4048

12 mln so‘mlik jihozlarni o‘margan shaxs ushlandi

Olmaliq shahrida yashovchi, «MASTERTEX» MChJning rahbari, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.N. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, derazadan kirib, shu MChJga qarashli tikuv korxonasidan umumiy narxi taxminan 12.000.000 so‘m bo‘lgan «Samsung» rusumli sovutgich, 1 ta tikuv mashinasi va mingdan ortiq trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida  yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan N.L. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ashyoviy dalillar olindi. 

Tergovni IIB olib bormoqda.

Top