13:59 / 13.09.2017
8999

8 million so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlagan ayol ushlandi

Angren shahrida yashovchi, uy bekasi, 1987 yilda tug‘ilgan M.N. IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligi va eshik ochiq qolganidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, uyi mehmonxonasidagi shkafidan 8.100.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan N.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.  

Tergovni IIB olib bormoqda.

Top