22:52 / 13.09.2017
27427

Dayjyest: Kam ta'minlanganlarga yordam beruvchi qaror, uzr so‘ragan zo‘ravon hokim, iPhone 8 taqdimoti va boshqalar haqida

Yakunlanib borayotgan 13 sentabr kuni O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan turli voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari KUN.UZ dayjestida.

 

O‘ZBeKISTON:

Skrinshot: KUN.UZ

Kunning eng muhim yangiliklaridan biri — O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining «Aholining kam ta'minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3268 sonli Qarori qabul qilingani bo‘ldi. Qarorga ko‘ra kamta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va beg‘araz ko‘maklar beriladi. Shuningdek ushbu qarorda band bo‘lmagan aholini jamoatchilik mehnatiga jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash  shartlari keltirib o‘tilgan.

Kun bo‘yi o‘quvchilar e'tiborida bo‘lib turgan yana bir voqea — Sayxunobod tuman hokimining tumandagi maktab direktorlarini urgani haqidagi xabar katta rezonans keltirib chiqardi. Garchi mushtumzo‘r hokim uzr so‘ragan bo‘lsa-da, lekin u bu bilan qutulmaydi, chunki prokuratura u bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni boshladi.

Nursulton Nazarboyev shu haftada Toshkentga keladi

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Prezident kitob nashri, mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan qarorini imzoladi

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

Turk kompaniyasi «Chorsu» mehmonxonasi negizida turistik kompleks quradi

Shukrulloga «Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi» mukofoti berildi

 

TAHLILIY XABAR VA MAQOLALAR

Foto: KUN.UZ

Mulk huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi

Toshkent shahrining yana 280 chorrahasida videokameralar o‘rnatiladi

O‘zbekistonga olib kiriladigan shakarga bojxona to‘lovi bekor qilindi

Soliq monitoringi nima?

O‘zbekiston Jahon fuqarolik indeksida 116-o‘rinda

«Holvani hokim yeydi, kaltakni ustoz». Trendda qanday mavzular?

Qanday jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov majburiy hisoblanadi?

 

JAHON

Foto: RIA "Novosti"

Erdo‘g‘an AQShni tanqid ostiga oldi

AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo urushi yuz beradimi?

Apple aksiyalari narxi iPhone X taqdimotidan keyin tushib ketdi

Hillari Klinton: Putin mendan qasos olmoqchi bo‘ldi

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning 6-bosqichi boshlandi

Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo bilan munosabatlari strategiyasini yangilaydi

Italiyada faol vulqon krateriga tushib ketgan oila halok bo‘ldi

 

QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR

Foto: fb.com/sseagalofficial/

Stiven Sigal «Asian Fight-2017»​ turnirida ishtirok etmaganiga izoh berdi

Apple’ning uzoq kutilgan taqdimoti: Qanday yangi qurilmalar namoyish etildi?

Hindistonda «VKontakte» to‘sib qo‘yildi

Nemis markasi 5 metrlik elektrokar yaratdi

Olimlar suyak to‘qimasini yetishtirishni uddalashdi

Dunyodagi eng badavlat 8 kishi 8 mlrd. dollarga boyidi

BMT Rossiyaning sanksiyalardan ko‘rgan yo‘qotishlarini 55 mlrd. dollarga baholadi

Xitoyda benzin va dizelli dvigatellarga taqiqlov joriy etilmoqda: benzin narxi nima bo‘ladi?

NASA insonning Marsga parvozi qachon amalga oshishini ma'lum qildi

 

SPORT XABARLARI

Foto: Getty Images

Messi, Ronaldu, Kasilyas va Pirlo Golden Foot mukofotiga da'vogarlik qilmoqdalar

Markus Rashford o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

«Yuventus» YeChLdagi ishtirokini birinchi marta mag‘lubiyat bilan boshladi

Zidan «Real»dagi muammolardan nolidi

WADA 95 nafar rossiyalik sportchidan doping ayblovini olib tashladi

Transfer bozorida yana bir top-futbolchi erkin agentga aylanadi

«Lester» futbolchisi uyidan haydaldi

Transferlar darchasi vaqtida kim qancha sarfladi?

Germaniya Bundesligasida muhim islohotni muhokama qilishmoqda

Top