19:07 / 13.09.2017
5619

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 13 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki tomon kun tartibi yuzasidan fikr almashish davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar an'anaviy va dinamik rivojlanayotgani qayd etildi.

Vazir Elchining mamlakatimizdagi to‘rt yillik muvaffaqiyatli faoliyati va hamkorlikning mustahkamlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta'kidladi.

Elchi O‘zbekistondagi vazifasini ijro etishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Top