22:00 / 13.09.2017
38715

«Qo‘qon savdo markazi» - endi shahar poytaxtdan kam emas

Qo‘qon shahriga kirib kelar ekansiz, markazdagi muhtasham va ko‘rkam inshoot e'tiboringizni tortadi. Boisi, qo‘qonliklar va shahar mehmonlarini o‘ziga mahliyo etgan bu maskanda yurtdoshlarimizning shodon tabassumi, samimiy iftixori hamda ajib hayratiga guvoh bo‘lasiz. 

Albatta, gap bu yerda «Qo‘qon savdo markazi» haqida bormoqda. Qo‘qon savdo markazi shaharning Shohruxobod ko‘chasida joylashgan bo‘lib, 3 qavatdan iborat. Atrofdagi ajib manzara bilan ajoyib favvora tashrif buyuruvchilarning sevimli saylgohiga aylangan. Qo‘qon savdo markazinining birinchi qavatida joylashgan va yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatayotgan «Korzinka.uz» supermarketi, «Mediapark» savdo bozori, «Aty Baty» savdo do‘koni, shuningdek, minibank, turfirma kabi turli xizmatlar faoliyatidan mijozlar xursand.    

Qo‘qon savdo markazining ikkinchi qavati ham yurtdoshlarimizning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan. Ayni kunda bu yerda 70ga yaqin savdo do‘konlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ahamiyatlisi, ularning aksari jahon va mahalliy brendlarning savdo do‘konlaridir. Xususan,  «Red Tag», «Selfi», «Riko Chizano», «Terra Pro», «Sarpo», «Baskoni», «Amina» brendlari ana shular jumlasidan. E'tiborlisi, ikkinchi qavatdagi milliy kiyimlar do‘koni faoliyati ko‘pchilik mijozlarning istaklaridagi milliy mahsulotlar bilan xursand etmoqda. 

Savdo markazining 3-qavatidan esa taomlanish va ko‘ngilochar maskan joy olgan. Xususan, «San beybi» bolalar o‘yingohi, 5D cinema, kinozal, karaoke, «Fud kord!» va restoran faoliyati ayni fikrimizning ifodalaydi. 

Qo‘qon savdo markazi rahbariyati ayni kunda yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlamoqda.  

«Qo‘qon savdo markazimiz 2015 yilda prezidentimizning qarorlariga asosan, «Xalq banki» mablag‘iga qurilgan. 2015 yildan beri uchinchi qavatimiz ish faoliyatini yurgizib kelmoqdamiz. Hozirda bolalar o‘yingohi, 120 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy kinozal, 5D cinema, «Fud kord», ovqatlanish maydonchasi bor. 2015 yilning dekabridan beri ish yuritib kelmoqdamiz. Yaqinda 2-qavatimizda vodiyda birinchilardan bo‘lib «Red Tag» brendi do‘koni ochildi. Dunyoning boshqa brendlari ham o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Birinchi qavatda «Mediapark» ishlamoqda. Ular ham 2015 yildan beri vodiyda birinchi bo‘lib bizda, Qo‘qon savdo markazida ochilgan. 2017 yil 4 avgust kuni «Korzinka.uz Diskont» o‘z ishini boshladi. Qo‘qon aholisi xursand, minnatdor. Toshkentdagi ko‘ngilochar savdo markazlariga qolishmaslikka harakat qilmoqdamiz. Bizda 400dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Kelajakda mingdan ortiq ish o‘rnini yaratishni rejalashtirganmiz», - deydi savdo markazi rahbari Timur Xoliqov.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, bir kunda savdo markazi 5 mingdan 10 mingga yaqin tashrif buyuruvchilarga xizmat qilmoqda. Ishonamizki, Qo‘qon savdo markazi doim yurtdoshlarimizning eng sevimli maskani bo‘lib qoladi.

Hamkorlik bo‘yicha savol va takliflar uchun telefon raqami: +998 99 819 19 19

Reklama huquqi asosida

Top