11:50 / 13.09.2017
12141

McDonald's o‘z mijozlarini aldagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Imgur

Reddit sayti foydalanuvchilari tez ovqatlanish restorani sobiq xodimlaridan o‘z mijozlarini aldashga to‘g‘ri kelgani yoki buni chetlab o‘tishgani bilan qiziqishdi. Shu tariqa, qadoqdagi fri kartoshkasi miqdorini vizual ravishda ko‘paytirish mumkin bo‘lgan usul fosh etildi.

O‘z nomini oshkor etishni istamagan foydalanuvchining aytishicha, "Makdonalds"da ishlaganida uni qadoqni fri kartoshkasi bilan to‘ldirganda, u to‘liq ko‘rinishi uchun qanday qilib to‘g‘ri siqishga o‘rgatib qo‘yishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishi davomida faqatgina bir mijoz aldovni payqagan.

Foto: Imgur

Uning aytishicha, mijozlar kerakli kartoshka miqdoridan kam solinganini juda kam holatlarda tushunishgan. "Menda faqat bir mijoz buni payqadi, - degan sobiq xodim. – U qadoqdan frini chiqarib oldi hamda uni qayta joyladi, shunda kartoshka qadoqning yarmini to‘ldirdi, xolos. Men unga ko‘proq fri kartoshkasini berishga majbur bo‘lganman".

Anonim foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytdan beri oradan yetti yil o‘tdi, uning ko‘z oldida esa hamon o‘sha mijoz turibdi. Boshqa foydalanuvchi ham bunday aldov bo‘lganini tan olgan.

Foto: Imgur

“Men bu “fokus”dan nafratlanardim hamda buni qilishdan bosh tortdim. Meni bo‘shatishgani yo‘q, biroq ba'zi mijozlar fri kartoshkasini faqat mendan sotib olish uchun qaysi kunlarda ishlashim bilan qiziqishgan”, - deydi "Makdonalds"ning boshqa bir sobiq xodimi.

Mashhur restoran vakillari bu holatni rad etishmoqda. Ulardan birining The Sun’ga aytishicha, "sobiq xodimlarning bunday bayonotlari yolg‘on va korxona shunday maxfiy tryuklar haqida birinchi marta eshitmoqda".

Top