22:27 / 13.09.2017
5899

Portlamaydigan akkumulyatorlar ishlab chiqildi

Foto: newatlas.com

AQSh armiyasining tadqiqot laboratoriyasi mutaxassislarining bir guruhi elektrolit sifatida tuzli suv aralashmasidan foydalanib, bir necha joyidan teshilgan bo‘lsa-da, portlamaydigan akkumulyator ishlabchiqdi. Uning hajmi xo‘jalikda ishlatiladigan elektron qurilmalarni ta'minlash yetadi. 

Anodni polimerli qoplash vositasida kuchlanishni 4 voltgacha kuchaytirish mumkin bo‘ldi. Maxsus gel nafaqat xavfsiz foydalanishni kafolatlaydi, balki energiya zichligini ham oshiradi. Ishlanma ko‘rsatkichlari suvli Li-ion batareyalarnikidan bir necha marta yaxshidir.

Hozircha, olimlar o‘z ixtirolarini takomillashtirishmoqda. Xususan, ular to‘liq ishlash davriyligini 50-100 dan 500 va undan ko‘pgacha ko‘paytirish hamda tannarxni pasaytirish niyatidalar. Ularning taxminlariga ko‘ra, bu akkumulyator 2023 yildan erkin savdoda paydo bo‘lishi mumkin. 

Foto: newatlas.com

 

Mavzuga oid
Top