19:51 / 13.09.2017
5401
Sony 6 dyuymli fablet ishlab chiqarishi ma'lum bo‘ldi
Foto:gagadget.com

GFXBench taniqli benchmark ma'lumotlar bazasida hali e'lon qilinmagan Sony H4233 smartfonining sinov natijalari paydo bo‘ldi. Yangi qurilma kompaniyaning Sony Xperia XZ1 va XZ1 Compact'dan keyingi uchinchi smartfoni bo‘lib, u yangi Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘ladi. 

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, qurilma o‘rtacha narx toifasiga kiradi. Yangi smartfon 6 dyuymli Full HD-ekrani, Adreno 508 grafikaga ega 8 yadroli Snapdragon 630 protsessori va 2,2 GGts chastota bilan ta'minlanadi. 

Boshqa xususiyatlari orasida shuningdek 4 Gb operativ va 64 Gb flesh-xotira ajralib turadi. Qurilmaning asosiy kamerasi 21 megapiksel modulli bir kamera bilan jihozlanadi va 4K-videoga olishga qodir. Frontal kamera 16 megapikselli datchik bilan ta'minlangan. 

Smartfonning taqdimot sanasi va narxi haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q. 

Foto:gagadget.com
Top