10:07 / 13.09.2017
29350

Uzoq kutilgan Apple taqdimoti: Qanday yangi qurilmalar namoyish etildi?

Apple korporatsiyasining uzoq kutilgan taqdimoti 12 sentabr kuni yangi ochilgan Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tdi. Onlayn-translyatsiyada ta'kidlanishicha, bu teatrda faqat Apple qurilmalarining taqdimoti o‘tkaziladi. Taqdimot Stiv Jobsni xotirlash va uning ovozi hamda suratlari bilan boshlandi. 

Marosimni Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk ochib berdi. U Stiv Jobs va uning g‘oyalari, shuningdek AppleStore'da amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqindagina AQShda kuzatilgan "Xarvi" va "Irma" dovullari haqida so‘z yuritdi.

Apple Kupertinodagi an'anaviy taqdimotida biryo‘la uch yangi smartfonini namoyish etdi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va yubiley qurilma hisoblangan iPhone X (10!). Qurilmalar narxi versiyasiga qarab 699 (iPhone 8) va 999 (iPhone X) dollardan boshlanadi. Shuningdek brendning yangi Apple Watch soatlari hamda Apple TV ham taqdim etildi. Apple kompaniyasining yangi qurilmalari maxsus fotojamlanmada:

Stephen Lam/Reuters

Apple iPhone X qurilmasi 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega,  12 sentabr, 2017 yil

Apple

Yangilangan Apple qatorlaridagi mahsulotlar narxi, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Yangi Apple Watch "aqlli" soatlari, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

iPhone 8 taqdimoti, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Apple TV 4K televizori taqdimoti, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

iPhone X qator afzalliklarga ega, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters
Stephen Lam/Reuters

Apple Watch soati, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

iPhone 8 taqdimoti, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Mobil aloqani qo‘llovchi Apple Watch soati, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Apple Watch soati va quloqchinlar, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Apple rahbari Tim Kuk taqdimotni Stiv Jobsni xotirlashdan boshladi, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

iPhone 8 va quloqchinlar, 12 sentabr, 2017 yil

Stephen Lam/Reuters

Yangi iPhone qurilmasi, 12 sentabr, 2017 yil

Top