08:47 / 14.09.2017
4681

AQSh vitse-prezidenti Mogerini bilan KXDR va G‘arbiy Bolqon masalasini muhokama qildi

Foto: Reuters

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Pens va Mogerini G‘arbiy Bolqon hamda KXDRdagi vaziyatni muhokama qilishgan.

«Vitse-prezident Mogeriniga uning G‘arbiy Bolqon bilan bog‘liq vaziyatdagi yetakchiligi uchun minnatdorchilik izhor etdi, shuningdek, AQSh YeI bilan ishlashda davom etishini bildirdi», - deya qayd etiladi xabarda.

Shuningdek, ular AQSh va YeI qo‘shma masalalar bo‘yicha o‘zaro harakatda bo‘lishiga kelishib olishgan.

Avvalroq YeI Qrim va Sevastopoldagi saylovlarni tan olmasligi ma'lum bo‘lgandi.

Top