12:50 / 14.09.2017
16796

Elektr quvvatisiz ishlaydigan konditsioner tizimi ishlab chiqildi

Foto: hi-news.ru

Ko‘plar issiq kunlarda konditsionerlardan foydalanadi. Yoz yakuniga yetganiga qaramay, Stenford universiteti olimlari yuqori texnologiyali optik sirtni taqdim etishdi. Uning asosida sun'iy havo hosil qilish tizimi (konditsioner tizimi) yaratildi, unga ishlashi uchun elektr energiyasi kerak emas.

Issiqlikni olib yuruvchi sifatida suvdan foydalaniladi, u alohida optik sirt ostida joylashtirilgan issiqlik o‘tkazuvchilar orqali o‘tadi. Bu sirt o‘ziga tushadigan quyosh nurlarining qariyb 97 foizini aks ettiradi hamda suv orqali olib o‘tiluvchi issiq energiyani atrof-muhitga tarqatadi. Bunday «passiv sovutish» tizimini sinovdan o‘tkazish ishlari shuni ko‘rsatib berdiki, suv bunday usul bilan atrof-muhitdagi haroratdan Tselsiy bo‘yicha 3-5 darajaga qadar sovutiladi, bu yaxshi sun'iy havo hosil qilishga imkon beradi.

Olimlar bunday ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritib, shartli binoning matematik modelini ishlab chiqishdi. Unda havoni sun'iy hosil qilishning bunday tizimidan foydalanish, elektr energiyasi passiv sovutish tizimi hisobidan yozdagi bir oy ichida 14,3 MVt*s.ga tejalishi mumkin ekanini ko‘rsatdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, matematik modelda eng issiq iqlim hududlaridan biri – Las-Vegasda joylashgan bino uchun elektr quvvatini iste'mol qilish hisobga olindi.

Foto: hi-news.ru

Stenford universiteti olimlari hozirgi paytda SkyCool Systems kompaniyasini tashkil qilishdi, u texnologiyani yanada takomillashtirish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. 

Top