19:40 / 14.09.2017
9224

Iroqda birdaniga ikkita terakt yuz berdi, qurbonlar juda ko‘p 

Foto: AP

Iroqda birdaniga ikkita terakt yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, terrorchilik xuruji mamlakat janubida ro‘y berdi. Qurbonlar soni 50 kishiga yaqin ekani xabar qilinmoqda. Tibbiy xizmatning ma'lumot berishicha, 87 nafar inson jabrlangan.  

Hodisa haqida batafsil ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Bag‘dodda portlashlar ro‘y bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top