23:48 / 14.09.2017
24555

Namanganda gaz ta'minoti korxonasi xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘zbekistonda gaz va elektr ta'minoti tizimini islohotlashtirish, shuningdek resurslar uchun to‘lov undirish mexanizmlari davom etmoqda. Bunda asosiy e'tibor energosamarali texnologiyalar va zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish, kichik biznes sub'yektlariga xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi. 

Qonunchilikka amal qilishni nazorat qiluvchi va suiste'mol qilingan holatlarni aniqlovchi huquqni muhofaza qilish organlari ham bu borada tegishli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Energotizimda birovlarning hisobiga kun ko‘rish maqsadida ongli ravishda qonunni buzuvchi odamlar hali ham bor. 

Shu kunlarda Namangan viloyati MXX boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament bilan hamkorlikda xizmat lavozimini suiste'mol qilgan "Namangan shahar gaz" unitar korxonasining abonentlik bo‘limi boshlig‘i 49 yoshli Bahrom To‘xtaboyevni qo‘lga olishdi. 

"MXX organlariga ishbilarmon V.O.dan Bahrom To‘xtaboyev tomonidan zo‘ravonlik holati sodir etilganligi haqida ariza kelib tushdi. U ishbilarmondan mevalarni quritish sexiga tabiiy gaz yetkazib berilgani uchun pul vositalarini talab qilgan. "Namangan shahar gaz" xodimi 300 AQSh dollari va 1 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan", - dedi MXX vakili. 

Bosh prokuratura qoshidagi Departament Bahrom To‘xtaboyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Top