09:00 / 16.09.2017
15911

Ayni vaqtda dunyoning eng keksa insoni hisoblangan ayol vafot etdi

Foto: AP

Yamaykada ayni vaqtda sayyoramizning eng keksa insoni hisoblangan 117 yoshli Vayolet Moss Braun vafot etdi. Bu haqda 16 sentabrda tvitterda Yamayka bosh vaziri Endryu Xolness ma'lum qildi

Vayolet Moss Braun bungacha eng keksa inson deb hisoblangan, 1900 yilda tug‘ilgan italiyalik Emma Moran vafotidan keyin 2017 yil aprelda sayyoramizning eng keksa insoni deb tan olingandi.

Braun 1900 yil 10 martda Trelonida tavallud topgan. 2010 yilda ayol mahalliy nashrga bergan intervyusida cho‘chqa va tovuq go‘shti yemasligini, spirtli ichimlik ichmasligini aytgandi. “Ishonasizmi, men gohida o‘zimdan so‘rayman: men haqiqatan ham 110 yoshdamanmi? Chunki men o‘zimni 110 yoshdek his qilmayman”, deb aytgandi o‘shanda momo. 2017 yil 26 iyulda ayol tarixdagi eng keksa odamlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallagandi. 

Foto: AP

 

Mavzuga oid
Top